KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI” NTM

 

Oʼzbekgidroenergo” aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash” turiga kiruvchi kunduzgi shakldagi Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti nodavlat taʼlim muassasasi zamonaviy talablarga javob beradigan oʼquv laboratoriya, ishlab chiqarish amaliyoti xonalari kerakli jihozlar bilan yangidan taʼminlanib, nazariy va amaliy mashgʼulotlar oʼtkazish uchun toʼliq sharoitlar yaratilgan.


Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining 24.02.2020 yildagi LITSENZIYA № KMO 0600-son litsenziyasiga muvofiq oʼquv jarayonlari Davlat standartlari asosida qurilish kompleksi va energetika tarmoqlari xodimlarini qata tayyorlanib malakasi oshirilib kelinmoqda.

Oʼquvenergoqurilish” nodavlat taʼlim muassasasi 2021 yilda Transformatsiya dasturiga asosan “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” nodavlat oliy taʼlim muassasasiga aylantirishni rejalashtirgan.


Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13-maydagi "Mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 394-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan «WorldSkills Uzbekistan» ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish Аssotsiatsiyasi aʼzoliga qabul qilinib Xalqaro darajada ishchi-kasblarni tayyorlash” boʼyicha Sertifikati olingan.

 

Muassasamizda oʼqitilayotgan oʼquvchilarning nazariy va amaliy bilim koʼnikmalarini yanada oshirishda 25 ta oliy taʼlim muassasalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi professor va ilmiy xodimlari shuningdek, Rossiya va boshqa xorijlik tajribali mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilmoq

Muassasada hozirda “Oʼzbekgidroenergo” aktsiyadorlik jamiyati tizimidagi tashkilot va korxonalar, “Issiqlik elektrostantsiyalari” АJ, “Oʼzbekneftgaz” АJ, Hududiy va Milliy elektr tarmoqlari aktsiyadorlik jamiyatlari tizim korxonalaridagi ishchi xodimlari va respublika darajasidagi tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar uchun qurilish va energetika sohalarida kasblar boʼyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinmoqda.

Oʼquvchilarning bilim sifatini yanada yaxshilash va ularga qulay sharoitlar yaratib berish maqsadida “Energetiklar sihatgohi” dam olish maskanidan maxsus yotoq joylari bilan taʼminlanib, muassasamizning maxsus avtobusi bepul qatnovi tashkil etilgan.

 

Hamkorlar