Admin 17-12-2024 10:13 81

O‘zbekiston va Jahon banki kichik va mikro gidroenergetika loyihalari bo‘yicha hamkorlikni rejalashtirmoqda

Uchrashuvda O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi maqsadlari, kichik gidroenergetika sektori uchun moliyalashtirish imkoniyatlari va texnik yechimlar muhokama qilindi.

Jahon banki vakillari ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlari asosida tanlangan loyihalarni amaliyotga joriy etish uchun yangi moliyaviy mexanizmlar ishlab chiqilayotganini ta‘kidladi. Ular o‘zining ushbu sohadagi tajribasini O‘zbekiston bilan bo‘lishishga tayyor ekanini bildirdi.

Shundan so‘ng tomonlar kichik gidroelektr stansiyalarni rivojlantirish orqali qishloq hududlarida elektr ta‘minotini yaxshilash, energiya xavfsizligini mustahkamlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e‘tibor qaratdi.

Hamkorlar