“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi tomonidan oʻtkazilgan 2024-yil 24-sentyabrdagi №102-sonli yig‘ilish bayonining 14-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” NTM tomonidan "O‘zbekgidroenergo" AJ tasarrufidagi “GES”lar, “GESlar Kaskadi” filiallar va Suv omborlarini “Tizim tashkilotlarida Raqamlashtirish, AKTni joriy etish va axborot xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi” xodimlarini malakasini oshirish maqsadida, 2024 yil “11” noyabrdan 2024 yil “22” noyabrgacha ikki haftalik Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va IP telefoniya yo‘nalishi bo‘yicha 72 soatli maxsus dastur asosida malaka oshirish kurslari tashkil etilgan edi.
Ushbu kursni muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” NTMning tegishli sertifikatlari topshirildi.