Litsenziya olish uchun ariza beruvchi quyidagi litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi shart:
elektr energetikasi sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyatning har bir turiga xos bo‘lgan vazifalarni bajarish, huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish uchun texnik, iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarning, shuningdek kadrlar salohiyatining mavjudligi;
taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish qobiliyati;
ushbu Qonun talablariga muvofiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi;
litsenziyalash tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda belgilanadigan boshqa litsenziya talablari va shartlari.
(O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi
“Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, 49-modda)