Admin 08-02-2021 11:44 236

“BUNYODKOR GIDROENERGETIKLАR” YOSHLАR MEHNАT HАRАKАTI PSKOM GES QURILISHI FАOLIYATI BILАN YAQINDАN TАNISHDI

“BUNYODKOR GIDROENERGETIKLАR” YOSHLАR MEHNАT HАRАKАTI PSKOM GES QURILISHI FАOLIYATI BILАN YAQINDАN TАNISHDI

 

  • Mamlakatimizda ilm-fan sohasini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, zamonaviy ilmiy innovatsion ishlanmalarni tezkor ravishda amaliyotga tatbiq etish borasida samarali faoliyat olib borilmoqda.

bgfrdjhgh.jpg

“Oʼzbekgidroenergo” АJ tomonidan respublikamizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari – Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI), Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TАQI) oʼrtasida oʼzaro hamkorlik shartnomalari asosida izchil ilmiy-amaliy faoliyat yoʼlga qoʼyilgan.

znyhuyhng.jpg

Hamkor oliy oʼquv yurtlarining iqtidorli, shijoatli, bilimli talabalari Jamiyat tarkibidagi “Bunyodkor gidroenergetiklar” yoshlar mehnat harakatiga jipslashgan. Ushbu harakat mamlakatimiz yoshlarining boʼsh vaqtlarini samarali va foydali mehnat bilan band qilish, ilmiy-amaliy faoliyatni uygʼunlashtirish maqsadida oliy va oʼrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari talabalari hamda uyushmagan yoshlarning koʼngilli vakillaridan tuzilgan mehnat guruhlarining uyushmasi hisoblanadi

xnjgdg.jpg

Bugun, 4 fevralь kuni “Oʼzbekgidroenergo” АJ tomonidan tasdiqlangan, hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan kelishilgan rejaga binoan, 70 nafarga yaqin talaba-yoshlar uchun oʼquv-amaliy seminari doirasida, Toshkent viloyatining Boʼstonliq tumanidagi Pskem daryosi boʼyida bosqichma-bosqich, izchillik hamda yuqori surʼatlarda qurilayotgan Pskem GESdagi obʼektlar bilan yaqindan tanishish maqsadida ulkan qurilish maydoniga amaliy ekskursiya tashkil etildi.

hhgmjgmgjm.jpg

Dastlab, Jamiyat ijro apparati binosida toʼplangan talaba-yoshlarga maxsus kiyimlar (yuniforma) tarqatilib, tashkilot xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi, tashkiliy-idoraviy tuzilma faoliyati boʼyicha qisqacha maʼlumot berildi.

Soʼngra, Jamiyat tomonidan ajratilgan maxsus avtobuslarda, biriktirilgan masʼul xodimlar hamrohligida yoʼlga chiqildi.

Pskem GESda tashkillashtirilgan oʼquv-amaliy seminarida, dastavval, talabalarga fuqaro xavfsizligi va mehnat muhofazasi boʼyicha zaruriy tushuntirishlar berildi.

Maʼlumot uchun, tasdiqlangan rejaga binoan, GES qurilishi 2024 yilda yakuniga yetkazilishi kutilmoqda. Pskem GES kattaligi boʼyicha Chorvoq GESdan keyin ikkinchi oʼrinni egallaydi. GESning yiliga 900 mln. kVt elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda.

Talabalar Pskem GES majmuasi hududida qurilish ishlari olib borilayotgan obʼektlar loyihalari, xususan, qurilish-montaj, temir-beton hamda metall-konstruktsiya ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Shuningdek, izlanuvchan va qiziquvchan talaba-yoshlarga Pskem GES loyihasining iqtisodiy-texnik asoslari, elektr energiyasini ishlab chiqarish salohiyati, qurilish obʼektlarining bunyod etilishida hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, oʼzaro uzviy bogʼliq boʼlgan obʼektlarning texnik imkoniyatlari toʼgʼrisida sohaning masʼul mutaxassislari va mutasaddi xodimlar tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Hamkorlar