“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi tomonidan oʻtkazilgan 2024-yil 24-sentyabrdagi №102-sonli yig‘ilish bayonining 14-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” NTM tomonidan "O‘zbekgidroenergo" AJ tasarrufidagi “GES”lar, “GESlar Kaskadi” filiallar va Suv omborlarini “RHA, Raqamlashtirish va AKT, Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimi (TJABT), Aloqachi, rele himoyasi va TJABT” lavozimlarida ishlovchi xodimlarini malakasini oshirish maqsadida, 2024 yil “02” dekabrdan birinchi guruh 22 nafar xodim uchun Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimi (TJABT) yo`nalishida maxsus dastur asosida malaka oshirish kurslari boshlandi.