Admin 20-11-2020 18:45 862

“OʼQUVENERGOQURILISh” NTM: navbatdagi oʼquv mashgʼulotlari yakuniga yetdi

“Oʼzbekgidroenergo” АJ tasarrufidagi “Oʼquvenergoqurilish” nodavlat taʼlim muassacasi tomonidan Jamiyat tizim korxona va tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tizimli asosda samarali tashkil qilish, oʼqitish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion usullarni keng joriy etish, qurilish va gidroenergetika sohasida bilim va koʼnikmalarini yanada mustahkamlash, koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan karantin sharoitida taʼlim yoʼnalishidagi uzilishlarga yoʼl qoʼymaslik maqsadida, qatʼiy karantin talablariga toʼla amal qilingan holda taʼlim jarayoni tashkil etilmoqda.

Bu borada, tinglovchilar dars xonalariga masofani saqlagan holda joylashtirilib, xonalarda belgilangan muddatlarda doimiy dizenfektsiya ishlari olib borilmoqda.

“Oʼquvenergoqurilish” nodavlat taʼlim muassasasida onlayn va odatiy (offlayn) oʼquv kurslari tashkil etilib, dars jarayonlari qatʼiy karantin qoidalariga amal qilingan holda olib borilmoqda.

“Oʼzbekgidroenergo” АJ tizimidagi gidroelektr stantsiyalar ishchi-xodimlari uchun 2020 yilning 19-31 oktyabrь kunlari “Gidrotexnika inshootlari kuzatuvchisi” yoʼnalishida, 2-18 noyabrь kunlari “Gidromexanik uskunalarga xizmat koʼrsatuvchi chilangar” kasblari boʼyicha navbatdagi malaka oshirish oʼquv kurslari samarali yakunlandi.

Oʼquv mashgʼulotlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti oʼqituvchisi, dotsent O. Nizamov, ishlab chiqarish sohasida katta tajribaga ega boʼlgan “Suvsanoatmash” АJ  malakali mutaxassislari R. Solixov va  А. Fozilovlar tomonidan amaliyot xonalari va joylarida olib borildi.

Ushbu oʼquv kurslarida ishtirok etgan tinglovchilar “Oʼquvenergoqurilish” NTM tomonidan “Oʼzbekgidroenergo” АJga qarashli “Energetiklar sihatgohi”ga yotoqqa joylashtirilib, kunlik uch mahal issiq ovqat bilan taʼminlandi. Shu bilan birga, tinglovchilarni sihatgohdan dars jarayonlariga oʼz vaqtida qatnashi uchun maxsus avtobus ajratib berildi.

Oʼquv mashgʼulotlari yakuniga yetkazilgach, “Oʼquvenergoqurilish” NTM rahbariyati va masʼullari tomonidan tinglovchilarga tantanali ravishda taʼlim muassasasining maxsus guvohnomalari topshirildi. Tinglovchilarga mustahkamlangan bilim va koʼnikmalarini amaliyotda samarali qoʼllash, kelgusi mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlarga erishishlari izhor etilib, doimiy ish joylariga kuzatildi.

Hamkorlar