Admin 01-03-2021 17:52 549

“Oʼquvenergoqurilish” NTM: “Prokuror va yoshlar” festivali doirasida taʼlim yoʼnalishlari taqdimoti oʼtkazildi

“Oʼquvenergoqurilish” NTM: “Prokuror va yoshlar” festivali doirasida taʼlim yoʼnalishlari taqdimoti oʼtkazildi

Xabaringiz bor, “Yoshlar ijod saroyi”da poytaxt prokurorlariga biriktirilgan, 2-sektor mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida “Prokuror va yoshlar” festivali tashkil qilindi.

 

Festivalda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʼrinbosari А.А. Djurabaev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʼrinbosari R.S. Ermatov, Toshkent shahar prokurori U.B. Qosimov, DXX Toshkent shahar boshqarmasi boshligʼi X.T. Bilalov, Yoshlar ishlari agentligi shahar boshqarmasi boshligʼi А.А. Nazirov hamda 12 ta tumanning 2-sektoriga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.

 

Tadbir doirasida poytaxtimizda joylashgan koʼplab ish beruvchi tashkilotlar, banklar, ishlab chiqaruvchi korxonalar, Toshkent shahar Bandlikka koʼmaklashish bosh boshqarmasi va poytaxt tumanlaridagi АBKMlari qatorida “Oʼzbekgidroenergo” АJ tasarrufidagi “Oʼquvenergoqurilish” nodavlat taʼlim muassasasi ham faol ishtirok etdi.

“Oʼquvenergoqurilish” nodavlat taʼlim muassasasi energetika va qurilish sohasidagi 70 ga yaqin ishchi-kasb turlari boʼyicha tashkilot va korxonalarning hamda ishsiz yoshlarni muassasada oʼqitish boʼyicha oʼzining amaliy takliflari bilan qatnashdi.

Prezident maslahatchisi oʼrinbosari А.А. Djurabaev festival davomida “Oʼquvenergoqurilish” NTM toʼgʼrisida ham alohida toʼxtalib, ushbu kasb turlari boʼyicha oʼquvchilar sonini yanada oshirish, oʼqitish sifatini kuchaytirish hamda taʼlim jarayoniga energetika va qurilish sohasidagi kuchli mutaxassislarni jalb qilish, mana shunday ishchi-kasblarga oʼrgatadigan zamonaviy taʼlim muassasalari sonini yanada koʼpaytirish zarurligi borasida fikr-mulohaza bildirib, aholi bandligini taʼminlash borasida bor kuch-gʼayratni sarflash, malakali kadrlarni tayyorlash, yoshlarga zaruriy kasb-hunar oʼrgatish sharoitlarini yanada yaxshilash boʼyicha mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlariga tavsiyaviy topshiriqlar berdi.

 

Festival doirasida, “Oʼquvenergoqurilish” NTM tomonidan ishsiz yoshlar hamda tashkilot va korxonalarning 200 nafarga yaqin xodimlarini yil davomida oʼqitish, malakasini oshirish boʼyicha shartnomalar imzolashiga erishildi.

Hamkorlar