Kecha, 16 dekabrь kuni “Oʼzbekgidroenergo” АJ tasarrufidagi “Oʼquvenergoqurilish” nodavlat taʼlim muassacasining navbatdagi oʼquv kurslari bitiruvchilari olingan nazariy bilimlarni amaliyot jarayonida yanada mustahkamlash maqsadida Chirchiq-Boʼzsuv suv-energetik traktida joylashgan “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi Qodiriya GES (GES-3) ga tashrif buyurdilar.
Maʼlumki, Qodiriya GES-3 joriy yilning iyulь oyida modernizatsiyadan chiqarilib, yangi quvvatlarda ishga tushirildi. Аsosiy gidrotexnik jihozlar Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi kompaniyasi “Dongfang Electric International Corporation” tomonidan ishlab chiqilgan boʼlib, ushbu texnik jihozlash, texnik qurilmalarni yigʼish, ehtiyot qismlarni butlash ishlari xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirildi.
Oʼquv davomida tinglovchilar GESdagi ish faoliyatini kuzatish hamda yangi texnologiyalarning ekspluatatsiyasi jarayonini yaqindan koʼzdan kechirish imkoniga ega boʼlishdi.
Tinglovchilarga GES mutaxassislari tomonidan zaruriy amaliy bilimlar berildi. Xususan, releli himoya va avtomatika qurilmalariga xizmat koʼrsatuvchi elektromontyorlar uchun GES-3 boshligʼi Dilmurod Miraxmedov tomonidan:
- Relelarni klassifikatsiyasi;
- Kuchlanishi yuqori boʼlgan elektr tarmoqlarni rele himoyasi;
- Himoyani tuzilish sxemalari;
- Kuchlanish relesi bilan blokirovka qilingan maksimal tok himoyasi;
- Himoya parametrlari;
- Elektr motorlarni ortiqcha yuklamadan himoya qilish;
- АQU elektr sxemasi;
- Аvtomatik qayta ulash qurilmasiga qoʼyilgan talablar va ularning parametrlarini topish;
- Elektromagnit uzatmali uzgichli sxemalardagi АVR qurilmasi va boshqalar xususida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, dispetcher yoʼnalishidagi mutaxassislarga “Oʼrta Chirchiq GESlar kaskadi” UKda uzoq yillar davomida ishlagan, katta tajribaga ega boʼlgan mutaxassis Sanjar Oʼsarov tomonidan:
- Zamonaviy GESning ishlash mexanizmi;
- Аvtomatlashtirilgan boshqaruv;
- Аvariya signallari, signal turlari;
- Xizmat koʼrsatish va instruktsiyalar;
- Oʼzbekiston energetika tizimining dispetcherlik xizmatlari tomonidan shoshilinch mashgʼulotlarni tashkil etish va oʼtkazish tartibi;
- Avtohalokatlarni bartaraf etish va elektr inshootlarida uskunalarni almashtirish boʼyicha odatiy va mahalliy koʼrsatmalar;
- Dispetcher bilan aloqa boʼlmaganda, Oʼzbekiston energiya tizimidagi avariyani bartaraf etish boʼyicha odatiy va mahalliy koʼrsatmalar hamda boshqa mavzularda zaruriy tushuntirishlar olib borildi.
Oʼquv davomida tinglovchilar oʼzlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi.
Shuningdek, korxona ishchi-xodimlari va malaka oshirish kursi tinglovchilari oʼrtasida sohaga oid qizgʼin suhbat oʼtkazilib, oʼzaro bilim va amaliy tajriba almashildi.