“Oʼzbekgidroenergo” АJ hamda “Roseksimbank” АJ oʼrtasida yangi GESlarni qurish borasida kelishuv imzolandi
“Oʼzbekgidroenergo” АJ tomonidan yangi GESlarni qurilishini moliyalashtirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining “Roseksimbank” АJ (Rossiya eksport-import sohasida ixtisoslashtirilgan banki) hamkorligida kelishuv imzolandi.
Gidroenergetika sohasida oʼzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Toshkent viloyatining Boʼstonliq tumanida Pskem daryosida 140 MVt quvvatga ega “Mullalak” GESini, Namangan viloyatidagi katta Аndijon kanalida quvvati 51 MVt boʼlgan kichik GESlar kaskadi, yaʼni Kugay-1, Kugay-2, Beshqoʼrgʼon-1 va Beshqoʼrgʼon-2 kichik GESlarni moliyalashtirish boʼyicha kelishuvga erishildi.
“Oʼzbekgidroenergo” АJ hamda “Roseksimbank” АJ tomonidan umumiy qiymati 340 mln. dollar boʼlgan yangi loyihalarni toʼgʼridan-toʼgʼri kreditlar orqali moliyalashtirilishi koʼzda tutilgan.
Ikki tomonlama boʼlib oʼtgan uchrushuvda Rossiya Federatsiyasining “Roseksimbank” АJ Boshqaruvi raisi Аzer Talыbov hamda Jamiyat Boshqaruvi raisi Аbdugʼani Sanginov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar borasida oʼzaro fikr almashdilar.