O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi PQ-113-son Qarori bilan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxonalar va “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufida bo‘lgan 110-500 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufiga balans qiymati bo‘yicha shtat birliklari bilan birga o‘tkaziladi. Bunda, xo‘jalik jamiyatlarining bir tashkilotdan boshqa bir tashkilotga o‘tkazilayotgan mulki va mulkiy huquqlari soliqqa tortishning barcha turlari bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Jahon banki ishtirokida “Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” loyihasini amalga oshirish hamda respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113-son Qaroriga 4-ilovadan)