Bugun, 26-aprel kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ majlislar zalida tizim korxonalari ishtirokida GESlarda mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlab chiqarish hajmini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirni Jamiyat Ijro apparati Gidroelektr stansiyalarni ekspluatatsiya qilish boshqarmasi boshlig‘i Ernes Ibraimov olib bordi.
Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar muhokamasi o‘rin egalladi:
- 2022-yil 19-aprelda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi, ularning bajarilishi bo‘yicha mavjud muammolar xususida korxona rahbarlarining hisobotlari;
- tizim tashkilotlarini 2022-yilgi sel-toshqinlari davrida ishonchli ishlashini va uzluksiz elektr energiyasi ishlab chiqarilishini taʼminlash bo‘yicha mavjud masalalar (yog‘ingarchilik va yashin mavsumida korxonalarda yuzaga kelayotgan muammolarga doir);
- yangi qurilgan va modernizatsiya qilingan stansiyalarda yuqori chastotali aloqa tizimlarini o‘rnatish hamda ularni ishlatish masalasi;
- ekspluatatsiya jarayoniga oid boshqa masalalar (elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, metall parchalarini topshirish, taʼmirlash va modernizatsiya ishlarining bajarilishiga doir).
Kun tartibidagi har bir masala tanqidiy jihatdan ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida korxonalar rahbarlariga tegishli tartibda topshiriqlar ijrosini o‘z muddatlarida taʼminlash vazifasi yuklatildi.
https://uzgidro.uz/news/view/2625