Admin 06-04-2021 20:19 282

Oʼzbekiston Respublikasi Toshkent  shahar Olmazor tumani xokimiyati va “Oʼzbekgidroenergo” aktsiyadorlik jamiyati “Oʼquvenergoqurilish” nodavlat taʼlim muassasasi oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida MEMORАNDUM

 

Oʼzbekiston Respublikasi Toshkent  shahar Olmazor tumani xokimiyati va

“Oʼzbekgidroenergo” aktsiyadorlik jamiyati “Oʼquvenergoqurilish” nodavlat taʼlim muassasasi oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida

 

MEMORАNDUM

 

Oʼzbekiston Respublikasi Toshkent  shahar Olmazor tumani xokimiyati (keyingi oʼrinlarda xokimiyat deb yuritilida)  va “Oʼzbekgidroenergo” aktsiyadorlik jamiyati “Oʼquvenergoqurilish” nodavlat taʼlim muassasasi  (keyingi oʼrinlarda muassasa deb yuritilida)  kelgusida tomonlar deb nomlanuvchi, Oʼzbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida harakat qilib,  Oʼzbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi, “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʼgʼrisida”gi va Ijtimoiy sheriklik toʼgʼrisida”gi  qonunlarga amal qilgan holda.

- Oʼzbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida harakat qilib,

-  aholi bandligiga koʼmaklashish, shu jumladan ish oʼrinlarini tashkil hamda ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga koʼmaklashish;

 

- ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qoʼllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish, ishsizlikni kamaytirish choralarini koʼrish, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga koʼmaklashish;

- Yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qoʼllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʼrgatish va bandligini taʼminlash ishlarini samarali tashkil etishning doimiy moliyaviy manbalarini va ulardan foydalanish tartibini belgilash;

 

- ishga joylashtirish jarayonlariga ilgʼor axborot texnologiyalarini joriy etish,

    - tuman fuqarolarigiga keng imkoniyat va sharoitlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari  uchun zarur boʼlgan boshlangʼich bilim va koʼnikmalar berish;

        - yoshlarning ehtiyojlari va xohish-istaklarini oʼrganish natijalari boʼyicha  WorldSkills standartlariga muvofiq kasbga tayyorlash  va bitiruvchilarga Skills pasportlarini berilishiga koʼmaklashish;

Oʼzbekistonda olib borilayotgan keng koʼlamli isloxotlar va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni ijrosini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni samaradorligini yanada  oshirishda ishtirok etish maqsadida, oʼzaro hamkorlik qilish boʼyicha mazkur memorandumni tuzdilar.

 

Memorandum maqsadi

Olmazor tumanidagi ishsiz fuqarolarni va ayniqsa ishsiz yoshlarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirish koʼmaklashish;

Ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qoʼllab-quvvatlash, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga koʼmaklashish;

 

Tomonlarning majburiyatlari

Muassasa:

       2.1.1. “Xokimiyat”ning  kasb-xunarga oʼqitilishi lozim boʼlgan fuqarolar ruyxati toʼgʼrisidagi xujjatlariga asosan yuqori malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan dastur asosida sifatli darslar tashkil etilishi hamda kursni tamomlagan, imtihondan qoniqarli oʼtgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi ishlash huquqini beruvchi guvohnoma berish vazifasi yuklanadi.

2.1.2. Oʼquv mashgʼulotlarining amaliy jarayonlarin toʼliq ishlab chiqarish korxonlarida oʼtkazadi.

2.1.3. Respublikadagi ish beruvchilarning muassasaga bergan takliflaridan kelib chiqib hamda bitiruvchilarning imkoniyatini hisobga olgan holda ishga joylashishiga koʼmaklashadi.

Xokimiyat:

 2.2.1 Oʼquv mashgʼulotlari boshlanishidan 15 kun oldin kasb-xunarga oʼqitilishi lozim boʼlgan fuqarolar ruyxati toʼgʼrisidagi xujjatlarni muassasaga  taqdim etadi.

2.2.2. Yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʼqitish boʼyicha toʼlanishi lozim boʼlgan xarajatlarni 75 foizini toʼlab beradi. Qolgan 25 foiz xarajatlar muasasasani boshqa tashkilot va korxona xodimlarining  oʼqitishdan tushgan daromadlari hisobidan qoplanadi.

2.2.3. ish beruvchilarning takliflaridan kelib chiqib hamda bitiruvchilarning imkoniyatini hisobga olgan holda ishga joylashishiga koʼmaklashadi.

 

Nizolarni hal qilish

3.1 Ushbu memorandum qoidalarini talqin qilish va qoʼllashda tomonlar oʼrtasidagi vujudga keladigan har qanday kelishmovchiliklar yoki nizolar tomonlar oʼrtasidagi maslaxatlashuvlar va muzokaralar yoʼli bilan xal qilinadi.

3.2  Tomonlar oʼrtasidagi maslaxatlashuvlar va muzokaralar yoʼli bilan xal qilinish imkoni boʼlmagan holatlarda qonun doirasida belgilangan tartibda nizolar bartaraf etiladi.

4. Yakuniy qoidalar

4.1 Oʼzaro hamkorlikni kelgusida yanada rivojlantirish va amalga oshirilishi lozim boʼlgan qoʼshimcha ishlar ushbu memorandumda koʼrsatilmagan taqdirda tomonlar oʼrtasida chora-tadbirlar ishlab chiqilib kelishiladi va shu asosida ishlar amalga oshiriladi.

4.2 Ushbu Memorandumda belgilangan majburiyatlarning bajarilmasligi huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

4.3 Ushbu Memorandumga oʼzgartirishlar va qoʼshimchalar Tomonlarning oʼzaro kelishuvi asosida qoʼshimcha xujjatlar imzolash yoʼli bilan kiritilishi mumkin.

4.4 Ushbu Memorandum imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

Hamkorlar