Admin 01-02-2021 17:17 216

“Toʼpolang GES” UK: 2021 yilgi faoliyatning asosiy yoʼnalishlariga bagʼishlangan yigʼilish oʼtkazildi

“Toʼpolang GES” UK: 2021 yilgi faoliyatning asosiy yoʼnalishlariga bagʼishlangan yigʼilish oʼtkazildi
Yigʼilishning kirish qismida “Toʼpolang GES” UK rahbariyati tomonidan asosiy eʼtibor mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea – Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan oʼrin olgan oʼtgan 2020 yildagi asosiy koʼrsatkichlar, yangi yilga moʼljallangan muhim maqsad va vazifalar, amalga oshirilishi koʼzda tutilgan chora-tadbirlarga qaratildi.

Masʼul xodimlar tomonidan Murojaatnomaning asosiy mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yigʼilishda 2021 yil I yarim yillik ish rejasini tasdiqlash masalalari koʼrib chiqilib, I yarim yillik ish rejasini yakuniga yetkazishga doir muhim vazifalar masʼul xodimlar ishtirokida muhokama qilindi.

Tadbir davomida, Zarchob-1 kichik GES, Zarchob nimstantsiyasiga va Zarchob-2 kichik GESlar uchun korxonaga ishga qabul qilingan yosh mutaxassislar jamoaga tanishtirildi hamda ularga ish jarayoni haqida qisqacha maʼlumot berildi.

Yigʼilish yakunida, joriy 2021 yil boshidan buyon belgilangan reja (prognoz)ning barcha davriy – oylik, choraklik, yarim yillik va yillik koʼrsatkichlarini toʼliq bajarish muhimligi alohida qayd etilib, buning uchun ish unumdorligini yanada oshirish, faoliyatni tizimli va samarali tashkil etish, ishlab chiqarish koʼrsatkichlarini yil boshidan boshlab rejaga nisbatan oshirib bajarish singari muhim ahamiyat kasb etuvchi vazifalar belgilab olindi.

Hamkorlar