Tadbirda “Oʼzbekgidroenergo” АJ Boshqaruvi raisi oʼrinbosari X. Xaydarov, Аxborot xizmati boshligʼi R. Baykulov, Mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish boʼlimi boshligʼi А. Yuldashev, Investitsion dasturlarni shakllantirish va bajarilishini monitoring qilish, import xaridlarni rasmiylashtirish boʼlimi boshligʼi D. Mansurov hamda bir guruh masʼul mutaxassislar ishtirok etdilar.
Tadbirdan koʼzlangan asosiy maqsad – xorijiy media-makonda “Oʼzbekgidroenergo” АJning keng koʼlamli faoliyati, asosiy faoliyat yoʼnalishlari, qurilish va investitsiyaviy salohiyati, xalqaro hamkorlik doirasidagi ishlari, mamlakat gidroenergetika sohasini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalari, qoʼlga kiritilgan xalqaro kredit reytingi (“Fitch Ratings”), xalqaro investorlarni keng jalb qilish borasidagi salohiyatini keng targʼib etish, Jamiyat nufuzi, jozibador faoliyatini xorijiy investorlarga yetkazib berishdir.
Tomonlar oʼrtasida yaqin hamkorlikka yoʼnaltirilgan faoliyatni yoʼlga qoʼyish, bu borada, zaruriy amaliy-tashkiliy masalalarni hal etish, xorijiy tajriba va tavsiyalarni Jamiyat faoliyatida samarali qoʼllash, tashkilot nufuzini xorijda keng targʼib etishga qaratilgan “roud-shou” tadbirlarini oʼtkazish, targʼibot-tashviqot faoliyatini kuchaytirish boʼyicha ilk kelishuvlarga erishildi.
Bu, oʼz navbatida, Jamiyatga xorijiy kreditlarni toʼgʼridan-toʼgʼri jalb etish, xalqaro investorlarni milliy gidroenergetika tarmogʼiga qiziqishini oshirish imkoni hamda yangi GESlarni qurish orqali xalqimizning xonadonlarini nurafshon qilish, kundalik maishiy ehtiyojlari uchun zarur boʼlgan toza, qayta tiklanuvchi elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmini oshirish, xalqimiz xonadonlarini yanada obod boʼlishiga, eng asosiysi, xalqimiz turmush farovonligining oshishiga muhim poydevor boʼladi.