Admin 16-12-2024 12:07 82

Yil yakunlari sarhisobiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun, 14-dekabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov ishtirokida yil yakunlariga bag‘ishlangan videoselektor shaklidagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda Ijro apparati xodimlari, barcha tizim korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Tizim korxona-tashkilotlari xodimlari onlayn shaklda qatnashdilar.

Yig‘ilishda Jamiyat tasarrufidagi korxonalar va tizim tashkilotlari faoliyatining joriy yil yakuni bo‘yicha erishiladigan ko‘rsatkichlari muhokamasi o‘tkazildi.

Kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

– Energiya hosil qiluvchi korxonalarining 2024-yil yakunlari sarhisobi hamda 2025-yil rejadagi istiqbollari to‘g‘risida;

– 2025-yilda foydalanishga topshiriladigan loyihalar yuzasidan tashkiliy, jumladan yangi obyektlarni xavfsiz ekspluatatsiyasini tashkil etish tadbirlari, ekspluatatsiya jarayonida talab etiladigan resurslar, jumladan ishchi-xodimlar hamda ularni saqlash xarajatlari xususida;

– Jamiyat mutasaddi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan tizim korxonalarida energiya resurslarni behuda sarflanishini oldini olish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini hamda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan tashkil etilgan amaliy o‘rganish natijalari bo‘yicha masʼullar hisoboti;

– Tizimdagi aksiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining 2024-yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalari hamda 2025-yil uchun mo‘ljallangan “Biznes-rejasi”, shu jumladan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish borasidagi “buyurtmalar portfeli” muhokamasi.

Majlisda ijro apparati hamda tizim korxonalari rahbarlarining kun tartibidagi masalalar bo‘yicha hisobotlari eshitildi.

Tadbir yakunida “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 2019-yil 12-dekabrdagi 129-son buyrug‘iga muvofiq “Gidroenergetika iftixori” ko‘krak nishoniga taqdim etilgan nomzodlar hujjatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuzilgan komissiyaning 2024-yil 13-dekabrdagi bayoni ijrosini ta’minlash hamda gidroenergetika sohasini rivojlantirish, GESlar, gidrotexnik inshootlar va suv omborlarini qurish, ekspluatatsiya va modernizatsiya qilish jarayonlarida faol ishtirok etib kelayotgan, uzoq yillar mobaynida sohada fidokorona mehnat faoliyatini olib borayotgan, yoshlarga o‘rnak bo‘lgan hamda yuksak namuna ko‘rsatib kelayotgan tizim korxonalarining quyidagi bir guruh rahbar-xodimlari “Gidroenergetika iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar:

1. Shadmanov Abdurasul Abdurashidovich – “Chirchiq GESlar kaskadi” filiali direktori;

2. Pirmuxamedov Baxtiyor Xurshidovich – “Samarqand GESlar kaskadi” filiali direktori;

3. Abdukayumov Abdumajid Vorisovich – “Farhod GES” filiali direktori.

Mukofotlangan xodimlarga “Gidroenergetika iftixori” ko‘krak nishoni hamda mansab lavozimi oylik ish haqining bir barobari miqdoridagi pul mukofotlari “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Hamkorlar