Admin 18-11-2024 10:27 90

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

"O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi.

Bayrog‘imiz 1992-yil 2-martidan eʼtiboran O‘zbekiston to‘laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida BMT Bosh qarorgohi oldida ham sarbaland hilpiray boshladi.

Qadrli yurtdoshlar, aziz hamkasblar!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Hamkorlar