“8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri oʼtkazildi
Bugun, 5 mart kuni “Oʼzbekgidroenergo” АJ majlislar zalida “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbirida Jamiyat ijro apparati hamda tizim tashkilot va korxonalaridan 100 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi.
“Oʼzbekgidroenergo” АJ Boshqaruvi raisi Аbdugʼani Sanginov bayramona tabrik nutqi bilan tadbirga yigʼilgan munis va dilbar xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdi.
Xususan, mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor davlat siyosatining ajralmas qismiga aylanganligi, yurtimizda mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq xotin-qizlarning jamiyatdagi oʼrni va mavqeini, barcha sohalarda nufuzini oshirish, ularni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishi etib belgilanganligi alohida taʼkidlandi.
Davlat va jamiyat hayotida xotin-qizlarning nufuzini yanada yuksaltirish, boshqaruv va ishlab chiqarish, tadbirkorlik faoliyatidagi oʼrni va nufuzini oshirish, gender tenglik yoʼnalishida samarali ishlarni yoʼlga qoʼyish borasida salmoqli va eʼtiborga molik ishlar olib borilmoqda.
Davlat va jamiyat boshqaruvida, ijtimoiy-siyosiy hayotimizda, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat tuzilmalarda xotin-qizlarning soni tobora ortib bormoqda. Xususan, taʼlim-tarbiya, madaniyat, ilm-fan, sogʼliqni saqlash sohalari, ishlab chiqarish tarmoqlari, qishloq xoʼjaligida malakali va qobiliyatli ayollarimizning foiz koʼrsatkichlari oʼsib bormoqda. Oʼzining yuksak rahbarlik va tashkilotchilik qobiliyati, masʼuliyati, tartib-intizomi, aqlu zakovati, tadbirkorlik faoliyati bilan barchaga oʼrnak va namuna boʼlib kelayotgan ayollarimiz safi tobora koʼpayib bormoqda.
Hozirgi kunda, “Oʼzbekgidroenergo” АJ hamda tizim tashkilotlarida 700 ga yaqin xotin-qizlar oʼz faoliyatini olib bormoqda. Tom maʼnoda, Jamiyat tomonidan erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlarda salohiyatli xotin-qizlarimizning munosib hissasi hamda oʼziga xos oʼrni bor.
Boshqaruv raisi tomonidan gidroenergetika sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning sidqidildan olib borayotgan samarali mehnati, “Oʼzbekgidroenergo” АJ ravnaqiga qoʼshayotgan hissasi alohida eʼtirof etildi.
Tadbirda, shuningdek, Jamiyat tomonidan davlat siyosatining ustuvor maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, xotin-qizlarga har tomonlama qulay, munosib mehnat shart-sharoitlari yaratib berilayotganligi, ularni qoʼllab-quvvatlash borasidagi keng koʼlamli faoliyat alohida qayd etildi.
Bayramona tadbirning yakuniy qismida munis va latofatli xotin-qizlarga Jamiyatning qimmatbaho estalik sovgʼalari hamda guldastalar taqdim etildi.