So‘nggi yillarda mamlakatimizda investitsiyaviy loyihalar asosida yangi gidroelektr stansiyalarni qurish, uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan GESlarni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish ishlari yuqori surʼatlarda amalga oshirilmoqda.
Samarqand viloyatining Darg‘om kanalida elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 7,2 MVt ni tashkil etuvchi Shaudar kichik GES qurilishi izchil davom ettirilmoqda.