Qonunchilikka ko‘ra, elektr payvandlash ishlari faqat havo almashish imkoniga ega bo‘lgan xonalarda amalga oshirilishi lozim.
Yong‘in xavfi ehtimoli bor xonalarda payvandlash ishlarini bajarish joyi yonmaydigan to‘siq bilan himoyalangan bo‘lishi va to‘siqning balandligi kamida 2,5 m to‘siq va pol orasidagi masofa esa – ko‘pi bilan 5 sm ga teng bo‘lishi kerak.
Payvandlash ishlari bajariladigan xonalardagi pollar yonmaydigan materiallardan yasalgan bo‘lishi zarur.
Izolyatsiyasiz yoki izolyatsiyasi shikastlangan simlardan, qo‘lbola elektr saqlagichlar va talab etiladigan miqdordagi payvandlash toki o‘tishini ta‘minlab bermaydigan simlardan foydalanish taqiqlanadi.