Admin 28-04-2022 14:18 135

Energy Week 2022. Central Asia & Mongolia: Jamiyat taqdimoti o`tkazildi

Energy Week 2022. Central Asia & Mongolia: Jamiyat taqdimoti o`tkazildi

26-28 aprel kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston Energetika haftaligi (Energy Week 2022. Central Asia & Mongolia) – mintaqada qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashish uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘ulistonning davlat sektori va energetika kompaniyalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, ko‘pmillatli yirik investorlar va konsalting firmalarini birlashtirishga qaratilgan sanoat tadbiri o‘z ishini davom ettirmoqda.

Bugun, 27-aprel kuni haftalik doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ taqdimoti o‘tkazildi.

Ushbu taqdimotda Jamiyatning tashkil topishi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, tarkibiy tuzilmasi, tizim korxona va tashkilotlari, gidroenergetik quvvatlarning oshib borish dinamikasi, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, xalqaro kredit reytingi, amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilayotgan istiqbolli investitsiyaviy loyihalar, istiqbolli rivojlanishga doir qabul qilingan qisqa va uzoq muddatli dasturlar borasida ishtirokchilarga asosiy maʼlumotlar taqdim etildi.

https://uzgidro.uz/news/view/2634

Hamkorlar