“GIDROENERGETIKА. MАRKАZIY OSIYO VА KАSPIY” BESHINCHI XАLQАRO KONGRESSI OʼZ ISHINI YAKUNLАDI
17-18 fevral kunlari poytaxtimizda oʼtkazilgan “Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy” beshinchi xalqaro kongressi va koʼrgazmasi oʼz ishini yakunladi.
Ikki kun davomida Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqalari, shuningdek, boshqa xorijiy davlatlar vakillari, sohadagi yetakchi kompaniyalar, sanoat korxonalari masʼul xodimlari ishtirokida oʼtkazilgan Kongress ishida mintaqalardagi gidroenergetika sohasining rivojlanishi va taraqqiy etishi, gidroenergetik inshootlarning qurilishi, GESlar modernizatsiyasi, muammo va istiqbollari, zamonaviy gidrotexnik qurilmalar va ularning ehtiyot qismlari, samarali elektr energiyasini ishlab chiqishga yoʼnaltirilgan texnologiyalarga oid maʼruzalar, mutaxassislarning ilmiy-amaliy bahs-munozaralari, oʼzaro tajriba almashinuvlar oʼtkazildi.
Bugun, Kongress ishi yakunida tadbir koordinatori “Vostock Capital” kompaniyasi (RF) mutasaddi vakillari hamda “Oʼzbekgidroenergo” АJ boshqaruvi raisining birinchi oʼrinbosari B. Аmirsaidov barcha qatnashchilarga faol ishtiroki uchun alohida minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham gidroenergetika istiqbollariga bagʼishlangan nufuzli tadbirlarni uyushqoqlik va hamkorlikda oʼtkazish borasida takliflar ilgari surildi hamda barcha ishtirokchilarga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlarga erishishlariga yaxshi tilaklar bildirildi.
Mintaqalar davlatlari gidroenergetika sohasining joriy holati, muammolari, taraqqiyoti va istiqbollariga bagʼishlangan yirik Kongress koʼtarinki ruhda yakunlandi.