Admin 08-02-2021 09:53 212

“GIDROENERGETIKА MENING TАSАVVURIMDА”

“GIDROENERGETIKА MENING TАSАVVURIMDА”

 

“Oʼzbekgidroenergo” АJ tomonidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining sohaviy yoʼnalishlarida taʼlim olayotgan talaba-yoshlari uchun tashkil etilgan oʼquv-amaliy seminarining mantiqiy yakuni sifatida tadbir uchun umumiy masʼul hisoblangan Jamiyat ijro apparati Kapital qurilish boshqarmasi tomonidan “Gidroenergetika mening tasavvurimda” ilmiy-ijodiy insholar tanlovi tashkil etildi.

jkfdbhjgh.jpgTalabalar oʼrtasida oʼtkazilgan mazkur insholar tanlovi Kapital qurilish boshqarmasi boshligʼi Maxamad Аtaxanov rahbarligida, Jamiyat ijro apparati masʼul xodimlari ishtirokida oʼtkazildi. Talabalar yozgan insholar Jamiyat ijro apparati masʼul xodimlari tomonidan saralab olindi.

fninghk.jpgSaralash bosqichi uch bosqichda tashkil etilib, birinchi navbatda, talabalarning soha haqidagi fikr-mulohazalari oʼrganilgan boʼlsa, keyingi oʼrinlarda ularning oʼquv-amaliy seminari yuzasidan olgan taassurotlari hamda ilmiy yondashuvlari baholandi. Saralash bosqichidan alohida eʼtirof etilib, yuksak baholar bilan oʼtgan uch nafar talabalarning inshosi gʼolib deb topildi.

fnmuuibjhi,.jpgInsholar tanlovi gʼoliblari:

 

1-oʼrin – Kurseitov Аxtem Seyranovich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;

 

2-oʼrin – Sherqoʼziev Diyorbek Baxtiyor oʼgʼli – Toshkent arxitektura-qurilish instituti;

 

3-oʼrin – Fayzullaev Islom Bahodir oʼgʼli – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.

 

Insholar tanlovi gʼoliblariga Jamiyatning maxsus esdalik sovgʼalari topshirildi.

“Jamiyat tomonidan tashkil etilgan mazkur oʼquv-amaliy seminari talabalarimiz uchun katta tassurotlarga boy boʼldi. Shu oʼrinda, bizning Toshkent arxitektura-qurilish institutida “Gidrotexnika inshootlari zamin va poydevorlari kafedrasi” faoliyat yuritib, bugungi kunda, mazkur kafedra tomonidan sohaga yetuk va tajribali kadrlarni tayyorlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. “Oʼzbekgidroenergo” АJ bilan olib borilayotgan izchil hamkorlik natijasida 2020-2021 oʼquv yili uchun qabul kvotasiga qoʼshimcha oʼrinlar ajratildi. Talabalar uchun mana shunday oʼquv-amaliy, ilmiy-tajribaviy mashgʼulotlarning muntazam ravishda tashkil etilishi ularning bilimlarini yanada mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Biz, pedagogolar jamoasi ushbu seminarni tashkil etganliklari uchun Jamiyat rahbariyatiga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz”, – deydi kafedra katta oʼqituvchisi Komil Joʼraev.

Hamkorlar