“Hisorak GES” UKda kengaytirilgan yigʼilish oʼtkazildi
“Hisorak GES” unitar korxonasida rahbariyat hamda masʼul ishchi-xodimlar ishtirokida 2020 yil yakuni va joriy 2021 yil ish rejalariga bagʼishlangan kengaytirilgan yigʼilish oʼtkazildi.
Yigʼilishda korxonaning 2021 yilgi ish rejasi va uning asosida amalga oshirilishi moʼljallangan maqsad va vazifalarning mukammal bajarilishi hamda elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan reja asosida amalga oshirish borasidagi zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Maʼlumot uchun, joriy 2021 yilda “Hisorak GES” UK tomonidan 100 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, ish faoliyatini yanada takomillashtirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida xodimlar bilan fikr-mulohaza almashildi.