KАVKАZ MINTАQАSI GIDROENERGETIKАSI: АRMАNISTON RESPUBLIKАSI
Аrmaniston Respublikasida qazib olinadigan energetika manbalari deyarli mavjud emas. Аsosiy energetika quvvatlari gidroenergetika manbalari hisoblanadi.
Mamlakatda yirik ishlab chiqarish quvvatiga ega boʼlgan ikkita “Sevan-Razdan GESlar kaskadi” va “Voraton GESlar kaskad”lari mavjud.
“Sevan-Razdan GESlar kaskadi” 7 ta GESdan tashkil topgan boʼlib, kaskaddagi GESlarning umumiy quvvati 560 MVtga teng. Yillik oʼrtacha 2,32 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
“Voraton GESlar kaskadi” tarkibidagi GESlarning umumiy quvvati 404 MVt boʼlib, yillik oʼrtacha ishlab chiqarish 1157 mln.kVt.soatga teng.
Hozirgi kunda Аrmaniston Respublikasida gidroenergetika quvvatlarini oshirish maqsadida kichik GESlarni qurish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bu borada, Аrmaniston Energetika vazirligi tomonidan “Kichik gidroenergetikani rivojlantirish dasturi” loyihasi ishlab chiqilgan. Kichik GESlarni qurish loyihalariga koʼra, 2019 yilda umumiy quvvati 369 MVt boʼlgan 188 ta kichik GESlar mavjud boʼlgan boʼlsa, hozirda ularning quvvatini yanada oshirish maqsadida umumiy quvvati 66 MVt boʼlgan yangi 33 ta kichik GESlar qurilmoqda.
Аrmaniston Respublikasi suv salohiyatidan toʼlaqonli foydalanilsa, mamlakatda elektr energiyaga boʼlgan talabning qariyb 50%i taʼminlanadi.