“O‘zbekgidroenergo” AJda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan jamiyat hamda jamiyat tizim va korxonalarida samarali mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi.
Mukofotlarni topshirishga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Burxonov Qutbidin Nuqritdinovich hamda jamiyat Boshqaruv raisi Sanginov Abdug‘ani Abdurahmonovichlar ishtirok etib, mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.
Mazkur esdalik nishoni bilan mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan, davlat iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni taʼminlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan fuqarolar mukofotlanadi.