Admin 09-02-2021 10:02 207

MUMTOZ АDАBIYOT – OʼZBEK АDАBIY TILINING TАYANCHI

MUMTOZ АDАBIYOT – OʼZBEK АDАBIY TILINING TАYANCHI
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida”gi PQ-4865-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, “Oʼzbekgidroenergo” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan bugun, 8 fevralь kuni buyuk shoir va mutafakkir, gʼazal mulkining sultoni Аlisher Navoiy hamda yirik davlat arbobi, oʼzbek mumtoz adabiyotining ulugʼ vakili Zahiriddin Muhammad Boburning fevralь – oʼziga xos “sheʼriyat oyligi”dagi tavallud kunlari munosabati bilan “Mumtoz adabiyot – oʼzbek adabiy tilining tayanchi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.

 

Jamiyatning ijro apparati hamda hududlardagi barcha korxona va tashkilotlar xodimlari uchun videokonferentsaloqa orqali tashkil qilingan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti masʼul xodimi, isteʼdodli ijodkor – Rustam Mirvohid, Oʼzbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, xalqimiz ardogʼidagi sevimli sanʼatkorlar, Qoraqalpogʼiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist – Tolib Moʼminov va yosh iqtidorli aktrisa Nigina Аnarbaevalar Аlisher Navoiy obrazi gavdalantirilgan oʼz badiiy chiqishlari bilan jonli ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida, ishtirokchilar oʼrtasida Muso Toshmuhammad oʼgʼli Oybekning “Navoiy” hamda Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanlari asosida “Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy portreti” mavzusida viktorina uyushtirildi.

Qizgʼin savol-javoblar asosida oʼtkazilgan viktorinada faol ishtirok etib, yakuniy bosqichda aniqlangan uch nafar gʼolibga Аlisher Navoiyning besh dostondan iborat “Xamsa” asarining toʼplamlari taqdim qilindi.

Buyuk shoir va allomalarimiz ijodini keng targʼib qilishga qaratilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tizim xodimlarining kitobxonlik va muloqot madaniyatini yanada rivojlantirishga hamda maʼnaviy kamolotiga munosib hissa qoʼshadi.

Hamkorlar