Admin 27-04-2022 12:53 143

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisining Quyi Chotqol GES qurilish obyektiga tashrifiga doir

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisining Quyi Chotqol GES qurilish obyektiga tashrifiga doir

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining Tyanshan tog‘ tizmalaridan oqib o‘tuvchi Chotqol daryosida Quyi Chotqol GESning qurilish ishlari 2019-yil avgust oyida boshlangan bo‘lib, GESning loyihasi tizim tashkiloti hisoblangan “Gidroproyekt” AJ tomonidan ishlab chiqilgan.

O‘tgan davr mobaynida yangi gidroinshootda ikkita yangi 80 va 100 tonnali ko‘priklar bunyod etilib, foydalanishga topshirildi. Aytish joizki, zamonaviy standartlar asosida mustahkam barpo etilgan ushbu ko‘priklar asrlar davomida xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilishi kutilmoqda.

Tasdiqlangan rejaga binoan, Quyi Chotqol GESni 2024-yilda ekspluatatsiyaga topshirish belgilangan.

Quyi Chotqol GESda har birining quvvati 19 MVt bo‘lgan 4 ta gidroagregat o‘rnatish mo‘ljallangan. Inshootning o‘rnatilgan quvvati 76 MVt bo‘lib, yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarish hajmi 282,0 mln. kVt.soat ga teng.

Kuni kecha, 26-aprel kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov boshchiligida Quyi Chotqol GES qurilish obyektida navbatdagi tashkiliy-amaliy yig‘ilish tashkil etildi.

Tadbirda “Gidroproyekt” AJ, “Gidromaxsusqurilish” AJ, “4-son Qurilish direksiyasi” MChJ rahbariyati va mas‘ul xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda yangi qurilayotgan GESda olib borilayotgan qurilish jarayonlari chuqur tahlil etildi, yangi ishlab chiqarilgan texnik iqtisodiy asoslar loyihasi har tomonlama ko‘rib chiqildi. Shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida Chotqol daryosini to‘sish bo‘yicha chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tildi.

Qayd etish joizki, yangi GES ishga tushirilgach, 100 mingga yaqin uy xo‘jaligini tabiiy jihatdan toza elektr energiya bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

https://uzgidro.uz/news/view/2629

Hamkorlar