OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI PREZIDENTI FАRMONI (loyiha)
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda shartnoma instituti rolini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida
ID-30780
Mamlakatimizda aholi va tadbirkorlik subʼektlarining shartnomaviy-huquqiy munosabatlarga kirishi uchun zarur huquqiy asos shakllantirilgan, ushbu sohada axborot tizimlardan foydalanishga imkoniyat yaratilgan, shartnomalarni tuzish erkinligi kafolatlangan.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xaridlari toʼgʼrisidagi shartnomalarni tuzishda ochiqlik va qonuniylikni taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning rivojlanish darajasi zamonaviy talablarga javob bermaydi, ushbu sohani rivojlanishiga toʼsqinlik qilayotgan bir qator omillar mavjud. Jumladan:
shartnoma intizomiga rioya etilmaslik, majburiyatlar bajarilmasligi, nohalol foyda olish maqsadini koʼzlab qalbaki va nomigagina tuzilgan bitimlarning koʼpayish holatlari kuzatilmoqda;
qonun osti hujjatlari bilan Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida mustahkamlangan qoidalarni amalga oshirishga cheklovlar oʼrnatilgan;
aholi orasida shartnomalar tuzish, shu jumladan axborot tizimlaridan foydalangan holda, va ulardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish madaniyati yetarli darajada shakllanmagan;
energiya taʼminoti va boshqa kommunal sohalarda tuzilgan shartnomalarda belgilangan shartnoma shartlari boʼyicha majburiyatlar yetarli darajada bajarilmasdan kelinmoqda;
davlat xaridlarining oʼziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ushbu sohadagi shartnomalarni tuzish va ularga oʼzgartirish kiritish boʼyicha alohida shartlar va talablar belgilanmagan;
shartnoma taraflarining xohishi bilan oʼrnatilishi lozim boʼlgan shartnoma shartlari qonun osti hujjatlari bilan belgilab qoʼyilgan.
Fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish, ayrim shartnomalar tuzishga oʼrnatilgan sunʼiy cheklovlarni olib tashlash, shuningdek shartnomaviy munosabatlarda axborot tizimlardan foydalanishga keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida: ...
Qaror loyihasining toʼliq matni bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.