Osiyo gidroenergetikasi: Аfgʼoniston salohiyati
Maʼlumki, energetika sohasi har qanday mamlakat iqtisodiyotida asosiy tarmoq hisoblanadi.
Maʼlumotlarda keltirilishicha, Аfgʼoniston Islom Respublikasi energetika sektorini barpo etish va rivojlantirish borasida qoʼshni mamlakatlar energetikasini rivojlantirish darajasidan ancha orqada qolmoqda.
Bugungi kunda, Аfgʼoniston ulkan energetik salohiyatga ega boʼlishiga qaramasdan, mamlakat iqtisodiyotning ushbu asosiy tarmoqlari faoliyatidagi isteʼmol kesimi qoʼshni mamlakatlar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hissasiga toʼgʼri kelmoqda.
Аfgʼoniston gidroenergetika resurslari tahlili shuni koʼrsatadiki, ushbu mamlakat turli xil gidroelektr stantsiyalar (GESlar) qurish uchun ulkan salohiyatga ega boʼlib, nafaqat katta, balki istiqbolli – mikro va mini GESlar ham katta sarmoya talab qilmaydi. Bu borada, Аfgʼonistonda energiyani rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli loyihalari ishlab chiqilgan boʼlib, hozirda turli xil anʼanaviy va noanʼanaviy qayta tiklanadigan energiya manbalaridan keng foydalanish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Аfgʼonistonning asosiy gidroenergetik salohiyati Quyi Аmudaryo, Bartang, Vohandaryo, Gari Rud, Qobul, Kushka, Murgʼob, Panjisher, Panj, Yarkhun kabi daryolar hisobiga toʼgʼri keladi. Аmudaryo Аfgʼonistondagi eng muhim energiya manbai hisoblanib, mamlakat umumiy resurslarining 50% ini tashkil etadi.
Аfgʼonistonda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining teng qismi GESlar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hisobiga toʼgʼri keladi.
“Аfgʼoniston ovozi” (ADA press) axborot agentligining xabariga koʼra, hozirgi kunda mamlakat qoʼshni Turkmaniston Respublikasi orqali import qilinayotgan elektr energiyasining faol isteʼmolchisidir. Аfgʼonistonda suv resurslari yetarli darajada boʼlib, lekin mavjud salohiyatdan samarali foydalanilmagan.
Hozirgi kunda, Аfgʼoniston Hirot, Аndhoy va Badxiz viloyati yoʼnalishida 110 kV uzatish liniyalariga Turkmaniston Respublikasi orqali elektr energiyasi yetkazib beriladi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ekspertlarining hisobotiga koʼra, Pokistonda joriy elektr taqchilligi 6,000 MVt boʼlgan boʼlsa, 2032 yilga borib Аfgʼonistonga qoʼshimcha ravishda 3,500 MVt kerak boʼladi. Bu voqeliklar Аfgʼoniston hududi orqali Turkmanistondan Pokistonga elektr energiyasini uzatish loyihasini yaratishga olib keldi. Mazkur loyiha doirasida amaliy ishlar olib borilgan boʼlib, 2018 yilda uch mamlakat oʼrtasida 500 kVtli elektr energiyasi uzatish liniyalari oʼtkazildi.
Bugungi kunda, mamlakatda yirik gidroenergetik quvvatlar Darunta va Naglu GESlari tomonidan ishlab chiqariladi.
Darunta toʼgʼoni Sharqiy Аfgʼonistondagi Nangarhar viloyatining poytaxti Jaloloboddan 7 km gʼarbda joylashgan Qobul daryosida joylashgan gidroelektr stantsiya hisoblanib, Darunta qishlogʼida joylashganligi sababli mazkur nom bilan ataladi.
Darunta toʼgʼoni 1964 yilda qurilgan. Dastlab Darunta GES tomonidan 40-45 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Biroq, Аfgʼoniston fuqarolar urushi davrida tizimga yetkazilgan zarar haqiqiy quvvat sarfini 11,5 MVt ga qisqartirdi. Shundan soʼng, GESdagi mavjud holat yomonlashib, katta taʼmirlash ishlari talab etiladi. Hozirda GESning modernizatsiya jarayonlarini moliyalashtirish bilan bogʼliq muammolar tufayli muhim amaliy chora-tadbirlar davom ettirilmay qolgan.
Naglu GES – Аfgʼonistonning Qobul viloyatidagi Qobul daryosida joylashgan gidroelektr stantsiya hisoblanadi. Аfgʼoniston poytaxti Qobul shahridan 40 km uzoqlikda joylashgan. GESning quvvati 100 MVt ni tashkil etadi hamda Аfgʼonistondagi eng qudratli GES hisoblanadi. GES qurilishi 1960 yilda boshlangan boʼlib, 1968 yilda qurilish ishlari toʼliq tugatilgan. 1967 yilda birinchi generator ishga tushirilgan. 2012 yilda GESda modernizatsiya ishlari amalga oshirilgan.
Bugungi kunda, Аfgʼoniston energetika va suv xoʼjaligi vazirligi tomonidan gidroenergetika tarmogʼini rivojalantirish Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda kichik va oʼrta GESlarni qurish boʼyicha shartnomalar imzolangan boʼlib, mazkur investitsiyaviy loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslari oʼrganib chiqilmoqda.
Shuningdek, mamlakatda gidroenergetika tarmogʼini rivojlantirish borasida Kanada, АQSh hamda Germaniya kabi davlatlarning yetakchi kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda, Аfgʼonistonda АQSh savdo va taraqqiyot agentligi tomonidan umumiy quvvati 1,900 MVt boʼlgan Koʼkcha daryosida yettita gidroelektr stantsiyalarni qurish boʼyicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqilmoqda. Germaniya bilan hamkorlikdagi investitsiyaviy loyiha asosida qurilishi rejalashtirilgan yangi 280 MVtlik Bagdara GES boʼlib, mazkur GES Panjisher daryosida quriladi.
Аfgʼoniston Islom Respublikasida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining umumiy quvvati 570 MVt ni tashkil etadi. Ulardan 300 MVt GESlar, 200 MVt issiqlik, 65 MVt dizelь generatorlari va 1 MVt quyosh issiqlik elektr stantsiyalari hisobiga toʼgʼri keladi. Shu jihatdan, mamlakatdagi elektr energiyaning 53%i GESlar hissasiga toʼgʼri kelmoqda. Bugungi kunda, mamlakatda 14 ta yirik quvvatdagi GESlar faoliyat koʼrsatmoqda.
Shu bilan birga, Аfgʼonistonda yangi GESlar qurish borasida qator istiqbolli loyihalar ishlab chiqilgan boʼlib, ular quyidagilardan iborat:
Т/р |
Лойиҳа |
Дарё номи |
Ўрнатилган қуввати (МВт) |
1. |
Багдара |
Панжишер |
210 |
2. |
Суроби 2 |
Қобул |
180 |
3. |
Кунар А |
Кунар |
789 |
4. |
Каяки |
Гильменд |
100 |
5. |
Кўкча |
Кўкча |
445 |
6. |
Гулбаҳор |
Панжишер |
120 |
7. |
Капар |
Панжишер |
116 |
8. |
Кама |
Кунар |
45 |
9. |
Кунар Б |
Кунар |
300 |
10. |
Каяки |
Гильменд |
19 |
11. |
Оламбаг |
Гильменд |
90 |
12. |
Килагай |
Панжишер |
60 |
13. |
Юқори Амударё |
Амударё |
1 000 |
14. |
Даштиджум |
Панж |
4 000 |