Admin 25-04-2022 16:12 119

QO‘SHIMCHA XIZMATLAR – MOLIYAVIY BARQARORLIK MANBAI

QO‘SHIMCHA XIZMATLAR – MOLIYAVIY BARQARORLIK MANBAI

 

«O‘zbekgidroenergo» AJ huzuridagi «Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti» NTMda energetika sohasi ehtiyoji uchun professional kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirishning sifat jihatdan yangi tizimi va texnologiyalari samarali qo‘llanib kelinmoqda, tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv jarayoniga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalari, jumladan masofaviy ta’lim shakli ham joriy etilgan. Shuningdek, boshqa soha mutaxassislarining bilimlarini oshirish va mustahkamlash bo‘yicha qator yangi kurslar ham tashkil etilgan.

Shu maqsadda, muassasa 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi: Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (Agroinspeksiya)ning maxsus texnikalarni boshqarishga o‘qitish bo‘yicha maxsus ruxsatnomalarini olishga erishdi va muassasada bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan “Maxsus texnikalarni boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha kasbga qayta o‘qitish va malakasini oshirish samarali yo‘lga qo‘yildi.

Shu kunga qadar “Maxsus texnikalarni boshqarish” yo‘nalishida 800 nafarga yaqin fuqarolar maxsus texnika vositalari: kranlar – avtokranlar, ko‘priksimon kranlar, minorali kranlar va boshqa shunga o‘xshash maxsus texnika vositalarini boshqarish bo‘yicha qayta o‘qitildi va malakasi oshirildi.

Muassasa faoliyatini yanada kengaytirish va qayta o‘qitish va malaka oshirishni amaliyot bilan bog‘lagan holda olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 iyundagi 360-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq xavfli ishlab chiqarish ob’ektida qo‘llanadigan texnik qurilmalarni, shu jumladan yuqori temperaturali organik va neorganik issiqlik tashuvchilarda ishlovchi boyler-qozonxonalarni, qozon-utilizatorlarni, bug‘-isitgich va bug‘-ekonomayzerlarni, issiq suv qozonlari, avtonom ekonomayzerlarni, bug‘ va suyuqlik qozonlarini hamda yuk ko‘taruvchi kran va minoralarni montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarni bajarishga O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasining maxsus ruxsatnomasini qo‘lga kiritdi.

Bu, o‘z navbatida, ushbu yo‘nalishlarda xizmatlar ko‘rsatgan holda muassasaning moliyaviy barqarorligini va samarali faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Hamkorlar