Admin 21-08-2021 11:32 128

SHAXMAT O‘YINLARIGA START BERILDI

SHAXMAT O‘YINLARIGA START BERILDI


      “O‘zbekgidroenergo” AJ tizim korxona va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan shaxmat o‘yinlariga  start berildi.

     Bu yilgi shaxmat musobaqasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik”! shiori asosida bo‘lib o‘tmoqda.

   Jamiyat ijro appartining  12 nafar xodimlar o’rtasida shaxmat o‘yinlarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.  O‘yin yakunlariga ko‘ra, moliyalashtirish va pul oqimlarini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Xo‘jaqulov Alisher 1-o‘rinni, aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi boshlig‘i Otabek Hamroyev
2-o‘rinni, II-toifali mutaxassis Dilshod Axmedov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

   Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Alisher Xo‘jaqulov keyingi bochqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Hamkorlar