Bugun, 18-may sanasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tashkil topganiga 5 yil to‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PF-5044-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan Jamiyatimiz qisqa davr mobaynida mamlakat gidroenergetika tarmog‘ini rivojlantirishda zalvorli yutuqlarga erishdi.
Hozirgi kunda, Jamiyat tomonidan investitsiyaviy loyihalar asosida qator qurilish va modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi o‘ziga xos bayramona sana – 5 yillik bilan gidroenergetika sohasida faoliyat yuritayotgan barcha qadrli hamkasblarimizni samimiy tabriklaymiz!
Jonajon mamlakatimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lidagi sharafli va mashaqqatli ish faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
https://uzgidro.uz/news/view/2722