"WORLDSKILLS UZBEKISTAN-2021" EKSPERTLAR HAMJAMIYATINI TAQDIRLASH MAROSIMI O`TKAZILDI
Poytaxtning "Ishga Markamat" ishsiz aholiga xizmat ko'rsatish bo'yicha monotsentrida ishchi kasblar bo'yicha WorldSkills Uzbekistan-2021 ekspertlar hamjamiyatini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Chempionat Ishchi kasblarni rivojlantirish va targ'ib qilish assotsiatsiyasi (WorldSkills Uzbekistan) tomonidan O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tashkil etilgan bo`lib unda “O`QUVENERGOQURILISH” NTM jamoasi ham quyidagi kasblar bo`yicha qatnashdi ya`ni «Сантехника и отопление», «Малярные и декоративные работы» kasblar boyicha sertifikatni qo`lga kiritishdi.
WorldSkills Uzbekistan tomonidan “O`QUVENERGOQURILISH” NTMga tashakkurnoma berildi va “O`QUVENERGOQURILISH” NTM direktoriga alohida minnatdorchilik bildirildi.
Muvaffaqiyatli ish o'rinlarini yaratish - bu hal qilinishi zarur bo'lgan asosiy masala va bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Hukumati uchun asosiy ustuvor vazifadir. Ushbu sohadagi vazifalarni hal qilish, mehnat bozorining, shu jumladan mahalliy sharoitda yaratilgan yirik korxonalar va klasterlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda yuqori malakali ko'k mutaxassislarni tayyorlashning samarali tizimini yaratishni taqozo etmoqda.