Admin 23-08-2021 13:06 126

YANGI TIZIMLАR, YANGI IMKONIYATLAR

YANGI TIZIMLАR, YANGI IMKONIYATLAR


     “O`zbekgidroenergo” АJ ning Raqamlashtirish va AKTni joriy etish bo`limi tomonidan, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini Jamiyatimiz ijro apparati va tizim tashkilotlariga joriy etish, ichki axborot tizimlarini rivojlantirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini jadallashtirish, АKTi imkoniyatlari  ko`lamini kengaytirish borasida yangi dasturlar faoliyatga tadbiq etildi.  

1. Gidroelektrstantsiyalarda elektr energiyalarni ishlab chiqarish ko`rsatgichlarini monitoring va nazorat qilib borish tizimi;

2. Jamiyat tomonidan qurilayotgan obʼektlarning sifatli qurilishini monitoring qilib borish tizimi;

3. Mahalliylashtirish sohasini rivojlantirish bo`yicha axborot tizimi;

4. Kadrlar hisobini yuritish bo`yicha axborot tizimi;

5. Qurilish va modernizatsiya loyihalarini boshqarish va ularning hisobini yuritish bo`yicha axborot tizimlari faoliyati joriy etildi.

    Shuni alohida taʼkidlab o`tish joizki, mazkur axborot tizimlari www.static.uz va www.procon.uz domenlari asosida ishlab chiqildi. “Hozirgi vaqtda mazkur platformani jamiyat bo`lim va boshqarmalarining taklif va eʼtirozlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuni alohida ta`kidlashimiz joizki, buguni kunda ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar ichida birinchilardan bo`lib “O`zbekgidroenergo” АJ KPI tizimi- samaradorlikning muhim ko`rsatkichi (Key Performance Indicators, KPI) —baholash metodikasi joriy etildi. Hozirda mazkur tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda”- deydi Raqamlashtirish va АKTni joriy etish bo`limi boshlig`i o`rinbosari Ruslanbek Аyitbaev.

Hamkorlar