Admin 05-04-2021 09:15 226

“ZАRCHOB-1 KICHIK GES” ISTIQBOLLI LOYIHАSI ISHGА TUSHIRILDI

“ZАRCHOB-1 KICHIK GES” ISTIQBOLLI LOYIHАSI ISHGА TUSHIRILDI
Zamonaviy Oʼzbekistonda elektr energiyasi tarmogʼini jadal rivojlantirish, barqaror va uzluksiz elektr energiyasini ishlab chiqarish, bu borada, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga eʼtibor qaratish, xususan, gidroenergetika sohasida yangi GESlarni ishga tushirish, mavjudlarini izchil modernizatsiya qilish borasida “Oʼzbekgidroenergo” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan keng koʼlamli faoliyat olib borilmoqda.

Аytish joizki, “Oʼzbekgidroenergo” АJ tomonidan qayta tiklanuvchi elektr energiyasini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, istiqbolli va samarali loyihalar asosida investitsiya mablagʼlarini jalb qilish, rejali tartibda oʼzlashtirish, yangi gidrotexnik obʼektlarni ekspluatatsiyaga topshirish, uzoq yillar mobaynida ishlab kelayotgan GESlarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishdagi mahalliylashtirish jarayonlarini kengaytirish borasidagi ishlar qizgʼin ravishda amalga oshirilmoqda.

Maʼlumki, “Oʼzbekgidroenergo” АJ mamlakatimizda tabiiy suv energiyasidan oqilona va samarali foydalanish, yangi GESlarni qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish borasida investitsiyaviy loyihalar asosida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Oʼtgan 2020 yilda, murakkab pandemiya sharoitlariga qaramasdan, puxta reja va qatʼiy ishchi tartib asosida “Oʼzbekgidroenergo” АJ tomonidan 6 ta yangi qurilish va modernizatsiya loyihalari foydalanishga topshirildi. Mazkur loyihalarning umumiy quvvati 118,3 MVtni tashkil etadi. Bu esa, qoʼshimcha 543 mln. kVt.soat elektr energiyasini ishlab chiqarilishiga zamin yaratmoqda.

Shu oʼrinda, Jamiyat tomonidan istiqbolli loyihalardan biri boʼlgan Curxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yangidan barpo etilgan “Zarchob-1” kichik GES ekanligini alohida taʼkidlash joiz.

Mazkur GESning qurilishi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi “2017-2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi toʼgʼrisida”gi PQ-2947-sonli hamda 2018 yil 19 dekabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʼljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4067-sonli qarorlari asosida olib borildi.

Curxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yangidan barpo etilgan “Zarchob-1” kichik GES qurilishi “Oʼzbekgidroenergo” АJning tizim tashkiloti hisoblangan “Gidroproekt” АJ tomonidan loyihalashtirilgan.

“Zarchob-1” kichik GESga 2 ta gidroagregat oʼrnatish belgilangan boʼlib, ularning umumiy quvvati 37,4 MVtni tashkil etadi.

“Zarchob-1” kichik GESda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, sozlash va sinovdan oʼtkazish ishlari, avtomatik tizim boshqaruvini markazlashgan boshqarmadan boshqarish ishlari amalga oshirildi.

Shu bilan birga, stantsiyadagi gidroinshootlar sinov-tajriba jarayonidan muvaffaqiyatli oʼtdi. Toʼpolang daryosidan suv olib oʼtuvchi Zarchob-1 KGESga keluvchi 480 m uzunlikdagi tunnel va 1 300 m uzunlikdagi kanalda suv haydalib, sinov ishlari oʼtkazildi. Bosimli hovuzdagi suv koʼtarish inshootlari ishchi shay holatiga keltirilib, belgilangan tartibda sinovdan oʼtkazildi.

Bugun, 3 aprelь kuni “Zarchob-1” kichik GES tushirilishiga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirda “Oʼzbekgidroenergo” АJ rahbariyati, viloyat hokimligi mutasaddilari, “Toʼpolang GES” UK, “Zarchob-1 kichik GES” masʼul vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

 

 

Taʼkidlash joizki, ushbu obʼektdagi qurilish ishlari 2017 yilning avgust oyida boshlangan edi. GES uchun zaruriy texnologik qurilmalar Xitoyning yetakchi kompaniyasi “Dongfang Electric International Corporation” tomonidan yetkazib berildi.

Yangi GES uchun zaruriy asbob-uskunalar hamda gidroagregatlar xitoylik mutaxassislar bilan mahalliy mutaxassislar tomonidan birgalikda montaj qilindi. Ushbu ishlarni bajarishda sohada yetarlicha tajriba va nufuzga ega boʼlgan “TURONELEKTROMONTAJ” АJ, “NP ESAN” MChJ, “AGEM” MChJ singari montaj-naladka yoʼnalishidagi korxonalar bilan bir qatorda “Toʼpolang GES” UKning Zarchob 1-KGES boʼlimiga 2020 yilning boshida ishga qabul qilingan istiqbolli yosh mutaxassislar faol jalb qilindi.

 

GES bilan bir vaqtda Zarchob podstantsiyasini ham foydalanishga topshirildi. Bu podstantsiya aqlli va zamonaviy texnologik qurilmalar bilan jihozlangan boʼlib, Zarchob-1, Zarchob-2, Toʼpolang, Gulьcha hamda Regar podstantsiyalarini yagona energotizimda birlashtiradi.

 

Shuningdek, Toʼpolang daryosining yuqori qismida quvvati 25 MVt boʼlgan Mizot GESi va quvvati 50 MVt boʼlgan Kishtut GESi qurilishi istiqbolli loyihalari doirasida asosiy loyiha maydonlariga olib boruvchi 30 km lik yoʼl qurilishi amalga oshirilmoqda.

Eng ahamiyatli jihati shundaki, ushbu resurslar tabiiy va qayta tiklanuvchandir. GESlar tomonidan ekologiyaga hech qanday zarar yetkazmagan holda, barqaror energiya ishlab chiqarilib, viloyat sanoat korxonalari, turli idoralar va mahalliy aholiga yetkazib beriladi.

Mazkur loyihani ishga tushirilishi natijasida Surxondaryo viloyatining elektr energiyaga boʼlgan talabining muayyan qismini, sanoat va iqtisodiyot korxonalarini gidroenergiya hisobidan taʼminlash imkoni vujudga keladi.

“Oʼzbekgidroenergo” АJ mamlakatimizning tabiiy suv resurslaridan oqilona foydalangan holda, xalqimiz xonadonlaridagi yorugʼlik manbai barqarorligini, aholini qayta tiklanadigan, ekologik toza va arzon elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash jarayoniga munosib hissa qoʼshib kelmoqda.

Mamlakatimiz gidroenergetiklarining jonkuyarligi, fidoyiligi hamda tizimli mehnatlari natijasida yurtimizning gidroenergetika salohiyati tobora yuksalmoqda.

Gidroenergetika sohasining taraqqiyoti mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bilan birga, yangi GESlar qurilayotgan, modernizatsiya qilinayotgan gidrotexnik inshootlar joylashgan hududlar aholisi turmush farovonligining oshishiga, ishlab chiqarish subʼektlarining elektr quvvatlari bilan taʼminlanishiga, tom maʼnoda, yurtimiz iqtisodiyotining yanada taraqqiy etishiga muhim zamin yaratadi.

Hamkorlar