Mamlakatimizda ilm-fan sohasini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, zamonaviy ilmiy innovatsion ishlanmalarni tezkor ravishda amaliyotga tatbiq etish borasida samarali faoliyat olib borilmoqda.
“O`QUVENERGOQURILISH” NTM jamosi 6-7-fevral kunlari aynan GES qurilish jarayonida ishtirok etayotgan payvandchilar uchun o`z dars mashg`ulotlarini tashkil etib, ular uchun kerakli ma`lumotlar, nazariy bilim va amaliyotdagi qiyinchiliklar yuzasidan dars mashg`ulotlari o`tkazildi.
“Oʼzbekgidroenergo” АJ tomonidan Toshkent viloyati Boʼstonliq tumanining Tyanshanь togʼ tizmalaridan oqib oʼtuvchi Chotqol daryosida Quyi Chotqol GESning qurilish ishlari 2019 yil avgust oyida boshlangan boʼlib, GESning loyihasi “Gidroproekt” АJ tomonidan ishlab chiqilgan. GES hududida olib borilayotgan qidiruv ishlari uchun zamonaviy geologiya-qidiruv ishlari olib boruvchi, bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish dinamik zondlash uskunasi olib kelindi. Mazkur uskuna orqali 140-150 metr yer ostidagi geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda.