- “OʼQUVENERGOQURILISh” NTM: navbatdagi oʼquv mashgʼulotlari yakuniga yetdi
“Oʼzbekgidroenergo” АJ tasarrufidagi “Oʼquvenergoqurilish” nodavlat taʼlim muassacasi tomonidan Jamiyat tizim korxona va tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tizimli asosda samarali tashkil qilish, oʼqitish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion usullarni keng joriy etish, qurilish va gidroenergetika sohasida bilim va koʼnikmalarini yanada mustahkamlash, koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan karantin sharoitida taʼlim yoʼnalishidagi uzilishlarga yoʼl qoʼymaslik maqsadida, qatʼiy karantin talablariga toʼla amal qilingan holda taʼlim jarayoni tashkil etilmoqda.
- “Oʼquvenergoqurilish” NTM: “Gidrotexnik inshootlarni xavfsiz ekspluatatsiya qilish” yoʼnalishida malaka oshirish kurslari tashkil etildi
“Oʼzbekgidroenergo” АJ tizimida kadrlar tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida “Oʼquvenergoqurilish” nodavlat taʼlim muassasasida tizimdagi qurilish va gidroelektr stantsiyalar masʼul xodimlari uchun “Gidrotexnik inshootlarni xavfsiz ekspluatatsiya qilish” yoʼnalishida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Malaka oshirish kurslarida 20 nafarga yaqin tinglovchilar faol ishtirok etdi.
Ushbu yoʼnalish boʼyicha oʼquv dasturlariga tajribali va malakali mutaxassislar jalb etildi. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining professori, texnika fanlari doktori D. Salyamova tomonidan seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizligi, foydalanishda boʼlgan va foydalanishga topshiriladigan bino va inshootlar, respublika hududida joylashgan suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamligi boʼyicha maxsus maʼruzalar taqdim etildi.
- “OʼQUVENERGOQURILISh” NTM: Qodiriya GES-3 da amaliy oʼquvlar tashkil etildi
2020-yil 16 dekabrь kuni “Oʼzbekgidroenergo” АJ tasarrufidagi “Oʼquvenergoqurilish” nodavlat taʼlim muassacasining navbatdagi oʼquv kurslari bitiruvchilari olingan nazariy bilimlarni amaliyot jarayonida yanada mustahkamlash maqsadida Chirchiq-Boʼzsuv suv-energetik traktida joylashgan “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi Qodiriya GES (GES-3) ga tashrif buyurdilar.