Admin 30-01-2021 09:14 237
Аfrika qitʼasining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan Efiopiya (Habashiston) Respublikasida dunyoning yirik GESlari turkumiga kiruvchi uchta yirik GES faoliyat yuritadi. Bularga “Gilgelь Gibe-1”, “Gilgelь Gibe-2”, “Gilgelь Gibe-3” GESlari kiradi.
Admin 01-02-2021 17:17 216
Yigʼilishning kirish qismida “Toʼpolang GES” UK rahbariyati tomonidan asosiy eʼtibor mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea – Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan oʼrin olgan oʼtgan 2020 yildagi asosiy koʼrsatkichlar, yangi yilga moʼljallangan muhim maqsad va vazifalar, amalga oshirilishi koʼzda tutilgan chora-tadbirlarga qaratildi.
Admin 02-02-2021 16:43 247
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga yoʼllangan Murojaatnomada “... Mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish boʼyicha huquqiy bazani yaratish vaqt-soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi”, deb qayd etilgan. Bu esa, albatta, mamlakatimiz uchun ushbu sohada amalga oshirilishi mumkin boʼlgan tadbirlarning oʼziga xos amaliy-tashkiliy asosi hisoblanadi.