- “GIDROENERGETIKА. MАRKАZIY OSIYO VА KАSPIY” BESHINCHI XАLQАRO KONGRESSI OʼZ ISHINI YAKUNLАDI
17-18 fevral kunlari poytaxtimizda oʼtkazilgan “Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy” beshinchi xalqaro kongressi va koʼrgazmasi oʼz ishini yakunladi.
Ikki kun davomida Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqalari, shuningdek, boshqa xorijiy davlatlar vakillari, sohadagi yetakchi kompaniyalar, sanoat korxonalari masʼul xodimlari ishtirokida oʼtkazilgan Kongress ishida mintaqalardagi gidroenergetika sohasining rivojlanishi va taraqqiy etishi, gidroenergetik inshootlarning qurilishi, GESlar modernizatsiyasi, muammo va istiqbollari, zamonaviy gidrotexnik qurilmalar va ularning ehtiyot qismlari, samarali elektr energiyasini ishlab chiqishga yoʼnaltirilgan texnologiyalarga oid maʼruzalar, mutaxassislarning ilmiy-amaliy bahs-munozaralari, oʼzaro tajriba almashinuvlar oʼtkazildi.
- OʼZBEKISTONDА SUNIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALАRI JORIY ETILАDI
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 fevraldagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4996-sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu hujjat bilan 2021-2022 yillarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʼrganish va joriy etish boʼyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
- Navoiy viloyati hamda gidroenergetika tarmogʼidagi investitsiya loyihalari taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoev 22 fevralь kuni Navoiy viloyatida hamda gidroenergetika tarmogʼida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Navoiy viloyati – sanoatlashgan hudud. Togʼ-kon, kimyo, qurilish materiallari va toʼqimachilik tarmoqlari viloyat iqtisodiyotining “drayver”lari hisoblanadi. Bu yerda yiliga 65 trillion soʼmlikdan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi.