- MUMTOZ АDАBIYOT – OʼZBEK АDАBIY TILINING TАYANCHI
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida”gi PQ-4865-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, “Oʼzbekgidroenergo” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan bugun, 8 fevralь kuni buyuk shoir va mutafakkir, gʼazal mulkining sultoni Аlisher Navoiy hamda yirik davlat arbobi, oʼzbek mumtoz adabiyotining ulugʼ vakili Zahiriddin Muhammad Boburning fevralь – oʼziga xos “sheʼriyat oyligi”dagi tavallud kunlari munosabati bilan “Mumtoz adabiyot – oʼzbek adabiy tilining tayanchi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.
- OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI PREZIDENTI QАRORI (loyiha)
“Elektr energetikasi sohasini isloh qilishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”
ID-29175
Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga boʼlgan talabini toʼliq qondirish maqsadida, elektr energetika tarmogʼi korxonalarini transformatsiya qilish, ularda samarali boshqaruv tizimini joriy etish va jadal rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb masala boʼlib qolmoqda.
- “Hisorak GES” UKda kengaytirilgan yigʼilish oʼtkazildi
“Hisorak GES” unitar korxonasida rahbariyat hamda masʼul ishchi-xodimlar ishtirokida 2020 yil yakuni va joriy 2021 yil ish rejalariga bagʼishlangan kengaytirilgan yigʼilish oʼtkazildi.
Yigʼilishda korxonaning 2021 yilgi ish rejasi va uning asosida amalga oshirilishi moʼljallangan maqsad va vazifalarning mukammal bajarilishi hamda elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan reja asosida amalga oshirish borasidagi zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.