Admin 15-03-2021 12:19 195
“Oʼzbekgidroenergo” АJning 2021 yil 12 martdagi №35-sonli buyrugʼi ijro uchun qabul qilindi va quyidagi ishlar bajarildi. Muassasada 2021 yil 13 mart kuni “Obod va koʼrkam mahallam” obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari oʼtkazildi.
Admin 16-03-2021 11:32 236
Prezident Shavkat Mirziyoev 15 mart kuni Qashqadaryo viloyatida hamda elektr energiyasi tarmogʼida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Qashqadaryo viloyatida hamma tarmoqlar boʼyicha salohiyat yuqori. Sanoat uchun zarur xomashyo resurslari, xizmat koʼrsatish uchun infratuzilma, qishloq xoʼjaligi uchun yer-suv va tajriba bor. Shulardan kelib chiqib, toʼqimachilik, qurilish materiallari, kimyo va oziq-ovqat sanoati, turizm, uzumchilik, bogʼdorchilik va chorvachilik asosiy “oʼsish nuqtalari” sifatida belgilab olingan. Joriy yil uchun umumiy qiymati 11 trillion 300 milliard soʼm boʼlgan 1 ming 125 ta hududiy loyiha shakllantirilgan. Xususan, sanoat sohasida 296 ta, xizmat koʼrsatishda 449 ta, qishloq xoʼjaligi tarmogʼida 380 ta korxona tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bunda iqtisodiy samaradorlik va bandlikka alohida eʼtibor qaratilgan. Boʼlgʼusi korxonalarda yiliga 6 trillion soʼmlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladi. Bu 131 million dollarlik import oʼrnini bosish, 180 million dollarlik eksport qilish imkonini beradi. 19 mingdan ziyod kishi ish bilan taʼminlanadi.
Admin 16-03-2021 18:28 197
Bugun, 16 mart kuni “Oʼzbekgidroenergo” АJ majlislar zalida Аxborot xizmati tashabbusi bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalari, yashil energetika, xususan, gidroenergetika sohasida faoliyat yurituvchi, bir guruh xorijiy jurnalistlar (ThoburnsBelgrave, “International Water Power & Dam Construction” ilmiy nashri vakillari) ishtirokida videokonferentsaloqa shaklidagi ochiq muloqot tashkil etildi.